05.10.2018 1605

Tadbirkorning qonuniy manfaati himoya qilindi


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Palata a'zosi «Neftgazmontaj» MCHJ murojaat qilib, shartnomaviy huquqiy munosabatdan kelib chiqqan 59 mln. so'mlik debitor qarzdorlikni undirilishida amaliy yordam berishni so'ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan, Palata tomonidan «Neftgazmontaj» MCHJ manfaatida qarzdor korxonaga nisbatan sudga da'vo ariza kiritilgan.

Ushbu da'vo arizasi yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 18.09.2018 yilda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Palataning da'vo talablari to'liq qanoatlantirilib, «Neftgazmontaj» MCHJning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

 

O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber