09.10.2018 523

Xalqaro tijorat arbitraji rivojlanishi istiqbollariga bag'ishlangan xalqaro konferensiya


Kishinyov shahrida Moldova Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi faoliyatining 25 yilligiga bag'ishlangan “Xalqar tijorat arbitrajining rivojlanish istiqbollari” mavzusida Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyada Moldova Respublikasi  Konstitutsiyaviy sudi, Adliya vazirligi,  Savdo-sanoat palatasining mas'ul xodimlari, Bolgariya, Kozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Estoniya,  O'zbekistonda faoliyat yuritiyotgan Xalqaro tijorat arbitraj sudlarining raislari, Ispaniya, Chexiya va boshqa davlatlarning xalqaro arbitrlari, tijorat arbitraji sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, advokatlar va huquqshunos olimlar, shuningdek biznes va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro konferensiyada Moldova Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi Dumitru Postovan, xalqaro arbitr, professor A.Belogovek (Chexiya), xalqaro arbitr, professor Xose Luis Iriarte (Ispaniya), - Moldova Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi Aruel Beeshu, Bolgariya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi B. Punev, Rossiya Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari, RF SSP huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi raisining o'rinbosari V.V.Chubarov,  Ruminiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi Stefan Dyakonu,  RF Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi A.A.Kostin, Estoniya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi Asko Poxla, Qirg'iziston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro hakamlik sudining raisi SH.YU.Maychiev, Qozog'iston xalqaro arbitrajining raisi M.K.Suleymenovlarning xalqaro tijorat arbitrajini rivojlanish istiqollari, arbitraj qarorlarini ijrosi, arbitraj qonunchiligining isloh qilish, arbitraj bitimi mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi.

Konferensiyada ta'kidlanganidek, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan to'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni jalb qilishdan manfaatdor davlatlar uchun ustuvor faoliyat yo'nalishlaridan biri qulay huquqiy muhit yaratish, qonunlarni va ularni qo'llash amaliyotini  takomillashtirish hisoblanadi. Davlatning bunday pozitiv faoliyatining eng muhim yo'nalishi xalqaro tijorat nizolarini xal qilish sohasi bo'lishi lozim. Obro'li, malakali arbitraj xalqaro tadbirkorlik doirasida davlatning ijobiy qiyofasini shakllantiradi, uning reputatsiyasini mustahkamlaydi, bu o'z navbatida har tomonlama qulay bo'lgan investitsiya muhitini yaratish orqali iqtisodiyotni barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ma'qullangan YUNSITRALning Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risidagi Namunaviy qonunining ijobiy ta'siriga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek konferensiyada O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi Otaxonov Foziljon Xaydarovich “O'zbekistonda xalqaro tijorat arbitrajini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ma'ruza qildi.
F.Otaxonov o'z ma'ruzasida xalqaro tijorat arbitraji sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan quyidagi takliflarni ilgari surdi: a) bu sohada ham ikkitomonlama, ham ko'ptomonlama kelishuvlar tuzish; b) arbitraj muhokamasining dolzarb masalalari bo'yicha tajriba almashish maqsadida doimiy aloqa o'rnatish; v) xalqaro tijorpat arbitrajining dolzarb muammolariga bag'ishlangan tadbirlarni (konferensiyalar va seminarlar) hamkorlikda o'tkazish; g) “Xalqaro tijorat arbitraji” nomli maxsus jurnal chop etish va uning muassisi sifatida MDH davlatlari Xalqaro tijorat arbitraj sudlari yoki ularning ta'sischilarini jal qilish.
Xalqaro konferensiya yakunida Xalqaro tijorat arbitraji sohasida MDH ga a'zo davlatlar SSP rahbarlarining Maslahat kengashi bo'lib o'tdi. Unda xalqaro tijorat arbitraji sohasida hamkorlik qilish mexanizmlari masalasi muhokama qilindi.

O'z SSP Axborot hizmati  t.me/uzchamber