17.10.2018 351

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus 2018” ko'rik-tanlovining Namangan viloyati bosqichi yakunlandi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida 2017 yil yakunlari bo'yicha o'tkaziladigan «Tashabbus-2018» ko'rik-tanlovini o'tkazish to'g'risida»gi 676-F-sonli farmoyishini viloyatda ijrosini ta'minlash bo'yicha viloyat hokimining 2018 yil 20 avugstdagi 353-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur farmoyishga asosan joriy yilning 7-19 sentyabr kunlari "Tashabbus 2018" ko'rik-tanlovning shahar va tuman bosqichlari o'tkazildi. Ularda 675 nafardan ortiq tadbirkor, fermer va xunarmandlar ishtirok etdilar.

Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi 16 oktyabr kuni Namangan shahridagi «Yoshlar markazi»da o'tkazildi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 59 nafar g'oliblar, shundan 12 nafar sanoat soxasidagi tadbirkor, 12 nafar xizmat ko'rsatish soxasidagi tadbirkor, 12 nafar yosh tadbirkor, 11 nafar fermer va 12 nafar xunarmandlar qatnashdilar.

Ko'rik-tanlovning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Fayzullaev, O'zbekiston Xunarmandlar uyushmasi rahbari U.Abdullaev, viloyat bosqichi tashkiliy qo'mitasi a'zolari, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Ko'rik-tanlov yakuniga ko'ra:

«Sanoat sohasida eng yaxshi tadbirkor» yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rinni Namangan shahar “Namangan momiq sochiqlari” ma'suliyati cheklangan jamiyati direktori Babaxanov G'iyosiddin;

«Xizmat ko'rsatish sohasida eng yaxshi tadbirkor» yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rinni Namangan shahar yakka tartibdagi tadbirkor Boydedaev Akmal;

«Eng yaxshi yosh tadbirkor» yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rinni Namangan tuman "Golden Egg of Namangan" ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari Shamsiddinov Abdulatif;

«Eng yaxshi fermer» yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rinni Mingbuloq tumani "Baxtiyor Abdusalomovich" fermer xo'jaligi rahbari Kodirov Baxtiyor;

«Eng yaxshi xunarmand» yo'nalishi bo'yicha birinchi o'rinni Chortok tumani Hunarmand Abduraxmanov Rustam qo'lga kiritdilar.

Tanlov yakunida “Yoshlarga eng ko'p ish o'rni yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlanib, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

«Tashabbus-2018» ko'rik-tanlovi viloyat bosqichining taqdirlash marosimida viloyat bosqichi g'oliblariga hamda ishtirokchilariga ko'rik-tanlovning qimmatbaxo sovg'alari va diplomlarini tantanali ravishda topshirishdi. Viloyat bosqichida birinchilikni qo'lga kiritgan g'oliblarga respublika bosqichiga yo'llama berildi.

 

O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber