19.10.2018 402

«Tashabbus-2018» ko'rik tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi yakunlandi


Yildan yilga davlatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar kengayib bormoqda, bu sohada qabul qilinayotgan O'zbekiston Respublikasi qonunlari va Prezident farmonlari, qarorlari, shuningdek Hukumat qarorlari bilan qonunchilik asoslari takomillashtirilmoqda.

«Tashabbus 2018» ko'rik-tanlov mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muxim voqealardan bo'lib, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-qo'vvatlash va rag'batlantirish borasida katta ahamiyatga ega. Bu yilgi ko'rik-tanlov 22-marotaba o'tkazilmoqda.

Tanlov-musobaqani o'tkazishdan maksad – xududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini rag'batlantiruvchi biznes muhit yaratish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini oshirish, tadbirkorlarning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatidagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish, tadbirkorlar o'rtasida xo'jalik aloqalarini kengaytirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni reklama qilishga ko'maklashish, tadbirkorlik faoliyatida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishga ko'maklashish hisoblanadi.

Ko'rik-tanlov musobaqa tartibiga ko'ra uch bosqichda: 1-bosqich tuman va shaxar bosqichi xisoblanib, unda asosiy yo'nalishlar, ya'ni Sanoat sohasida- «Eng yaxshi tadbirkor», Xizmat kursatish sohasida- «Eng yaxshi tadbirkor», «Eng yaxshi yosh tadbirkor»,«Eng yaxshi fermer» va «Eng yaxshi hunarmand» yo'nalishlari bo'yicha g'olib bo'lganlar 2-bosqich, ya'ni Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichiga yo'llanma oladi. O'z navbatida Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi g'oliblari 3-bosqich, O'zbekiston Respublikasi final bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.

«Tashabbus-2018» tanlov-musobaqasining shahar va tuman bosqichlari shu yilning 2018 yil 13-28 sentyabr kunlari bo'lib o'tib, g'oliblar aniqlandi va ular Respublika bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi. Tanlov-musobaqada yil yakunlariga ko'ra yuqori ko'rsatkichlarga erishgan va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta xissa qo'shgan tadbirkorlar, fermer va hunarmandlar beshta asosiy Sanoat sohasida- «Eng yaxshi tadbirkor», Xizmat kursatish sohasida- «Eng yaxshi tadbirkor», «Eng yaxshi yosh tadbirkor», «Eng yaxshi fermer» va «Eng yaxshi hunarmand» yo'nalishlari bo'yicha bellashishdi. Qoraqalpog'iston Respulikasi tuman va shaxar bosqichlarida asosiy yo'nalishlar bo'yicha jami 500 ga yaqin ishtirokchi qatnashib, shulardan 79 tasi Qoraqalrog'iston Respublikasi bosqichiga kelib ishtirok etishdi.

Tanlov-musobaqaning tashkilotchilari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Fermerlar kengashi va Qoraqalpog'iston Respublikasi «Xunarmand» boshqarmasi.

2018 yil 17 oktyabr kuni 1-son bolalar-o'smirlar sport maktabida (Manej) «Tashabbus-2018» ko'rik-tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi ishtirokchilarining mahsulotlar ko'rgazmasi va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat akademik musiqiy teatrida g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqarg'i Kengesi boshlig'i o'rinbosari A.Xamraev ochib berdi.

So'ng O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i A.Ibragimov so'zga chiqib u Respublika bosqichida:

- Sanoat sohasida «Eng yaxshi tadbirkor» - "Nukus Evro Stroy" ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Shimbergenov Azat; 
- Xizmat kursatish sohasida «Eng yaxshi tadbirkor» - "Muynak tour" ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Begjanova Amina; 
- «Eng yaxshi yosh tadbirkor» "ORALBAY NUKUS" - Serjanov Pamir;
- «Eng yaxshi fermer» - "PORTAU TARTULI" fermer xo'jaligi - Suinov Bayram;
- «Eng yaxshi hunarmand» - Tajimuratov Adil yo'nalishlari bo'yicha, shuningdek asosiy uch yo'nalishdan tashqari qo'shimcha nominatsiyalar: ya'ni, «Eng yaxshi tadbirkor ayol», «Eng yaxshi innovatsion loyiha», «Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor», «Mening yurtim-mening iftixorim», «Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi» va boshqa nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanishini aytib o'tdi. Shuningdek, davlatimizda yoshlarning tadbirkorlik sohasi bilan shug'illanishlarini qo'llab-qo'vvatlash, ularning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish maqsadida «Mening yurtim mahsulotlari jahon bozorida» nominatsiyasi o'tgan yildan joriy etilib, bu buyicha g'oliblar aniqlanib, ular maxsus diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishini aytib o'tdi. Kunning birinchi yarmida shahar va tuman bosqichi g'oliblarining ko'rgazmalari bilan birga oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkillashtirildi. Ko'rgazmani tamosha qilishga barcha tuman va shaharlardan 1500 ga yaqin tamoshabinlar keldi.
Respublika bosqichining asosiy beshta yo'nalishi bo'yicha g'oliblar shu yilning 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Tanlov-musobaqa qoraqalpoq estrada yulduzlari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

 

O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber