19.10.2018 213

«InnoWeek.Uz» - Innovatsion g'oyalar haftaligida ishtirok eting!


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2018 yilning 22-26 oktyabr kunlari «O'zEkspoMarkaz» milliy ko'rgazmalar kompleksida «InnoWeek.Uz» - Innovatsion g'oyalar haftaligi va uning doirasida Xalqaro innovatsiyalar yarmarkasi, Xalqaro innovatsion forum va «International Robotics Challenge» xalqaro robototexnika musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilayotganligini ma'lum qiladi.

Xalqaro innovatsion-investitsion forum quyidagi 5 ta yo'nalish bo'yicha o'tkazilishi ko'zda tutilgan:

- Davlat boshqaruvidagi innovatsiyaalar;
- Moliya-iqtisod sektoridagi innovatsiyalar;
- Ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar;
- Real sektordagi innovatsiyalar;
- Tijoratlashtirish loyihalari.


Yuqoridagilarni inobatga olgan holda «InnoWeek.Uz» - Innovatsion g'oyalar haftaligiga innovatsion ishlanmalar va yuqori texnologiyalari bilan tanilgan xorijiy hamda mahalliy korxonalarni taklif etamiz.

 

O'z SSP Axborot hizmati