25.10.2018 2498

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus 2018” ko'rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo'lib o'tdi/


24 oktyabr kuni “Zarqaynar” milliy liboslar galeriyasida" Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Toshkent shaxar bosqichi tadbirkorlar hamda hunarmandlar o'rtasida bo'lib o'tadigan ushbu ko'rik-tanlov, o'ziga xos bayram va an'anaga aylanishga ulgurgan bellashuvdir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 16 avgustdagi 676-F-sonli farmoyishi va Toshkent shahar hokimining 2018 yil 20 avgustdagi 1240-sonli qarori asosan tashkil etildi.

“Tashabbus-2018” ko'rik tanlovi Nizomiga asosan tuman bosqichlarida g'olib bo'lgan tanlov ishtirokchilari quyidagi 4 ta asosiy nominatsiyalar bo'yicha birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar: 

“Tashabbus-2018” ko'rik tanlovi Nizomiga asosan tuman bosqichlarida g'olib bo'lgan tanlov ishtirokchilari quyidagi 4 ta asosiy nominatsiyalar bo'yicha birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar: 

- Sanoat sohasida "Yilning eng yaxshi tadbirkori" yo'nalishi bo'yicha  - "Finland butter" ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Nig'matilla Sobirov;

- Xizmat ko'rsatish sohasida "Yilning eng yaxshi tadbirkor" yo'nalishi bo'yicha -  “Orion Medicity" ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Shoira Djabbarova;

- “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkor” yo'nalishi bo'yicha "Azr-textile group" rahbari - Azizjon Zoirov ;

- “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo'nalishi bo'yicha yakka tartibdagi tadbirkor - Kamoliddin Abdullaev;

Keyingi yillarda ko'rik tanlovning yuqori saviyada va xolislik asosida o'tkazilishi uchun kerakli chora tadbirlar rejasi tuzilib, uni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Shahar bosqichini o'tkazish buyicha hududiy komissiya hay'at a'zolari tomonidan tuman bosqichida g'olib bo'lgan tadbirkorlarning moliyaviy va statistik holati to'liq o'rganiladi.

Ko'rik tanlovning xay'at a'zolari orasida Toshkent shahar hokimiyati, O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi, Markaziy bank, “Hunarmand” uyushmasi vakillari, shuningdek o'tgan yillarda ko'rik tanlovning shahar va Respublika bosqichlarida g'olib bo'lgan tadbirkor va hunarmandlar baholashdi.

Yangi ish o'rinlari tashkil qilishda faollik ko'rsatgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xajmini oshirgan, korxonaning iqtisodiy ko'rsatkichlarini  o'sishi, barcha soliqlar va majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'lagan, shuningdek eksportbop va import o'rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tanlov asosida ko'rik tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ko'rik tanlovning boshqa ishtirokchilarini rag'batlantirish maqsadida qo'yidagi 5 ta nominatsiya bo'yicha taqdirlanadi;

- “Eng yaxshi tadbirkor ayol”

- “Eng yaxshi innovatsion loyiha”

- “Eng yaxshi eksportchi”

- “Yilning eng yaxshi mahsuloti”

- “Eng mas'liyatli ijtimoiy sherik”

Tanlovda turli nominatsiyalar bo'yicha ham eng yaxshi ishtirokchilar nomi e'lon qilindi. G'oliblarga diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

 

O'z SSP Axborot hizmati  t.me/uzchamber