25.10.2018 2141

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus 2018” ko'rik-tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo'lib o'tdi


2018 yil 16 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkor, fermer va hunarmandlar o'rtasida o'tkaziladigan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 676-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga asosan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi joriy yilning 24 oktyabr kuni o'tkazildi.

Ushbu tanlovga joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida barcha tumanlarda o'tkazilgan ko'rik tanlovning tuman bosqichlarida faol qatnashib eng yuqori o'ringa sazovor bo'lgan sovrindorlar ya'ni har bir tumanning eng ilg'or tadbirkorlari qatnashdi.

Tanlovda tadbirkor, fermer hamda hunarmandlar quyidagi 5 ta yo'nalishlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini g'olibi bo'lishdi:

Yakuniy natijalarga ko'ra:

- Sanoat sohasida "Yilning eng yaxshi tadbirkori" yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni - “Surxon KPS grant” ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Sutonov Ikromjon;

-  Xizmat ko'rsatish sohasida "Yilning eng yaxshi tadbirkor" yo'nalishi bo'yicha - “Denov Diyorbek trans" ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Mirzaeva Maxbuba;

- “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkor” yo'nalishi bo'yicha - "Azim Denov” xususiy korxonasi rahbari - G'apporov Azimjon;

- “Yilning eng yaxshi fermeri” yo'nalishi bo'yicha - "Raxmon Taraqqiyot Omad" fermer xo'jaligi fermeri - Raxmonov Olim;

- “Yilning eng yaxshi hunarmandi" yo'nalishi bo'yicha - yakka tartibdagi tadbirkor - Toshboeva Iqlima;

“Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovida ishtirokchilar qo'shimcha nominatsiyalari bo'yicha qatnashdilar:

“Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi;

“Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi;
“Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi eksportchi” nominatsiyasi;
“Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyasi;
“Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasi;
“Mening Yurtim mening iftixorim” nominatsiyasi;

Ushbu tanlov nizomda belgilan mezonlar asosida baholandi va g'oliblar qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlandi.


O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber