26.10.2018 2081

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Toshkent viloyat bosqichi yakunlandi


Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o'zining iqtisodiyotimizdagi o'ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta'siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo'nalish o'rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o'rin egallaydi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda yangi ish o'rinlari ochish, barqaror daromad manbalarini yaratishning eng muhim omiliga aylanmokdi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi ish bilan band aholining 76 foizdan ortig'i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ham shundan dalolat beradi.

“Tashabbus”ning bu kundagi  yutuqlari, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o'zgartirish, qisqa muddatda yangi-lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o'z vaqtida boshlangan  va uzoq istiqbolga mo'ljallangan ishlarimiz natijasidir.

Shubhasiz, ushbu muvaffaqiyatlarda tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida an'anaviy o'tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko'rik-tanlovining hissasi beqiyosdir.

“Tashabbus” ko'rik-tanlovi Prezidentimiz sovrini uchun tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida o'tkaziladigan yagona tanlov ekanligi bilan ajralib turadi hamda 22 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 12-25 sentyabr kunlari ko'rik-tanlov Toshkent viloyatining tuman va shahar bosqichlari o'tkazildi hamda und 1000 dan ortiq tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar ishtirok etdi.

Ko'rik-tanlovning dastlabki davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan, qurilish sohasida xizmat ko'rsatayotgan tadbirkorlar, faqat qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan ilg'or tadbirkorlar, kulolchilik sohasidagi hunarmandlar ishtirok etgan bo'lsa, bugungi kunda ishtirokchilarning faoliyat yo'nalishlari o'zgarib, rivojlanib bormoqda.

Jumladan, eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan, ichki va tashqi bozorda o'z tovarlarining mashhur brendiga ega bo'lgan, farmetsevtika, to'qimachilik, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarayotgan hamda yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Fermerlik yo'nalishi bo'yicha esa qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan hamda to'liq qayta ishlab, ichki bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan, ko'p tarmoqli, dehqonchilik, chorvachilik, meva-sabzavotchilik, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlayotgan, issiqxona faoliyati bilan shug'ullanayotgan qishloq mulkdorlari ishtirok etmoqda.

Hunarmandchilikda esa xalq amaliy san'atining eng yuksak namunalari asosida eksportga mo'ljallangan mahsulot ishlab chiqarayotgan, jumladan, miniatyura, samonga ishlov berish (salomka), zardo'zliq, kulolchilik, yog'ochga ishlov berish orqali turli asarlar yaratish bilan shug'ullanayotgan hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Bir oy davomida qizg'in faoliyat yuritib kelgan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovi viloyat bosqichi o'zining mantiqiy yakuniga yetmoqda.

O'tgan ko'rik-tanlovlardan farqli o'laroq, bu yilgi “Tashabbus”ning dastlabki bosqichlarida 100 dan oritiq viloyatimizning tadbirkor, fermer va hunarmandlari o'z ko'rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

Shu davr mobaynida bosqichma-bosqich davom etib kelgan biznes-marafonning eng loyiq va omadli 103 nafar ishtirokchilari yakuniy bosqichda oliy cho'qqilarni zabt etishda Toshkent viloyati bosqichi laureatlari, 5 ta asosiy yo'nalishlar bo'yicha bo'yicha bellashadilar.

“Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha - “TEHLOGIY OF REAL TIMS” ma'suliyati cheklangan jamiyati rahbari - Mirzaev Ulugbek

“Xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha - “Yangiyo'l shahri  “RUSTAMBEK NIYAT” XK

“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” yo'nalishi bo'yicha - “SKAZOCHNIY MIR GARMONIY” NTM - Ablokulova Jonona

“Yilning eng yaxshi fermeri” yo'nalishi bo'yicha - "ZARKENT SANOVATI" FX - Dexqonov Norxol 

“Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo'nalishi bo'yicha - yakka tartibdagi tadbirkor - Shoqodirov Abdug'ani   
     

“Eng yaxshi innovatsion loyiha”“Yoshlarga eng ko'p ish joyi yaratgan tadbirkor”“Eng yaxshi tadbirkor ayol”

“Mening yurtim – mening iftixorim”

“Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”

“Eng yaxshi eksportchi”

 “Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik”

“Yilning eng yaxshi mahsuloti” qo'shimcha nominatsiyai bo'yicha bellashadilar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili o'tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko'rik-tanlovi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, ular erishayotgan ilg'or natijalarni targ'ib qilishga, yoshlarda mulkdor bo'lish hissini kuchaytirishga, tadbirkorlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda deyishga to'la haqlimiz.

Bugunga kelib tadbirkorlik va tashabbuskorlik faoliyatlari, fazilatlari xalqimizga singib ulgurdi. Tadbirkorlar o'zini haqiqiy mulk egasi deb his qilmoqda.

Ular bugun xalqaro bozorlarda raqobatga bardosh beradigan mahsulot va xizmatlar yaratish qudrati va imkoniga ega.

 

O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber