29.10.2018 2425

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichi yakunlandi            


Andijon viloyatida O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus—2018” ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi. Unda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o'z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etishdi.

Tanlov ishtirokchilarining faoliyati ularning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish salohiyati, iqtisodiy holati kabi mezonlar bo'yicha hay'at a'zolari tomonidan baholanib, munosib nomzodlar g'olib, deb e'lon qilindi. Shuningdek, qator nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi.

“Sanoat soxasida eng yaxshi tadbirkor” yo'nalishida birinchi o'rinni - Xo'jaobod tumanidagi “Nil granit” ma'suliyati cheklangan jamiyati;

“Xizmat ko'rsatish soxasida eng yaxshi tadbirkor” yo'nalishida birinchi o'rinni - Shaxrixon tumanidagi “Shifo nur invest” ma'suliyati cheklangan jamiyati;

“Eng yaxshi yosh tadbirkor” yo'nalishida birinchi o'rinni - Izboskan  tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor “Tojiddinova Oygul Foziljon qizi” 

“Eng yaxshi fermer” yo'nalishida birinchi o'rinni -Qo'rg'ontepa tumanidagi “Inter agro star” fermer xo'jaligi

“Eng yaxshi hunarmand” yo'nalishida birinchi o'rinni  Andijon shaxridagi hunarmand - A. Jabborov egalladilar.

"Tashabbus-2018" ko'rik-tanlovi davomida ko'rgazma yarmarkalar ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o'zlarining ma'sulotlari va xizmat turlari bilan ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, ko'rik-tanlovda 7 turdagi nominatsiyalar tashkil etilgan bo'lib, ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar tanlab olindi.

Jumladan,

1. “Eng yaxshi maxsulot” nominatsiyasida Xo'jaobod tumanidagi tadbirkor “Rio tekstil” MCHJ;

2. “Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasida Ulug'nor tumanidagi Yakka tartibdagi tadbirkor “Xolmirzaeva Iroda” ;

3. “Eng yaxshi oilaviy biznes soxibi” nominatsiyasida Paxtaobod tumanidan “Komil Nuri Sururi” mas'uliyati cheklangan jamiyati;

4. “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” nominatsiyasida Bo'z tumanidan  “Malen'kaya prinsessa” NTM;

5.  “Eng ko'p yoshlarga ish o'rni yaratgan tadbirkor” nominatsiyasida Baliqchi tumanidagi  “Dori-darmon”  mas'uliyati cheklangan jamiyati;

6.  “Eng yaxshi inavatsion loyixasi” nominatsiyasida Asaka tumanidagi Yakka tartibdagi tadbirkor  “Raximova Nozimaxon Shokirjon qizi” ;

7. “Eng yaxshi eksport qilgan tadbirkor” nominatsiyasida Oltinko'l  tumanidan “Konteks Tashkent” mas'uliyati cheklangan jamiyati. 

Mazkur "Tashabbus-2018" ko'rik-tanloviga Qirg'iziston Respublikasidan ham 20 ta tadbirkor tashrif buyurishdi.

Ular ham o'z navbatida o'zlarining milliy mahsulotlarini hamda an'analarini namoyish etishdi. "Tashabbus-2018" ko'rik-tanlovi yakuni bo'yicha diplom va estalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.  

Ushbu tanlov nizomda belgilan mezonlar asosida baholandi va g'oliblar qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlandi.


O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber