29.10.2018 1930

“Elektron tijorat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunini yangi tahrirda ishlab chiqish bo'yicha qonun loyihasiga takliflar berishda ishtirok etishingizni so'raymiz!


“Elektron tijorat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunini yangi tahrirda ishlab chiqish bo'yicha qonun loyihasiga takliflar berish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3724 sonli qarori bilan tasdiqlangan 2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturining 1-bandida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida ishchi guruhi tashkil qilindi.

Hozirda ushbu ishchi guruhi tomonidan O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish maqsadia “Elektron tijorat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu qonunning loyihasi tadbirkorlik sub'ektlari e'tiboriga muhokama qilib o'z takliflarini berishlari uchun havola etilmoqda.

Qonun loyihasi bo'yicha o'z takliflaringizni 2018 yil 10 noyabrga qadar quyidagi jadval asosida Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasining g.usmanov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishingizni so'raymiz.

 

Modda

Qonunning yangi tahriri loyihasi

Bildirilayotgan takliflar

Asoslantirish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qonun loyihasi ni yuklab olish 

 

O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber