30.10.2018 2352

“Tadbirkorlik. Biznes g'oya va marketing asoslari” mavzusidagi treningiga taklif etamiz!


12-16 noyabr kunlari O'zbekiston-Yaponiya markazida “Tadbirkorlik. Biznes g'oya va marketing asoslari” mavzusida treningi bo'lib o'tadi.

Trening qo'yidagi mavzularda olib boriladi:

- Biznes g'oyasi;
- Bozorni tahlil qilish;
- Biznesni rejalashtirish;
- Biznes uchun mablag' topish;
- Biznesni ro'yxatdan o'tkazish;
- Soliq va hisobot;
- G'oyani tezda sinab ko'rish;
- Biznesni rivojlantirish;
- Faol harakat;
- Marketing tahlili (6P+F);
- Maqsad va vazifalar qo'yish;
- Marketing strategiyasini tanlash;
- Marketing vositalari va taktikasi;
- Muvaffaqiyatli reklama strategiyasi.

Siz o'z g'oyaningizga egasiz va uni qanday qilib biznesga aylantirishni bilmoqchisiz? O'z mahsulotiningizga qanday mijoz yoki iste'molchi kerakligini bilmoqchisiz? 

Bu kabi savollaringizga ushbu biznes kursda javob topishingiz mumkin.

Trenerlar haqida ma'lumot: Ravshan Xalitkariev, “Master Expert” baholash kompaniyasi asoschisi, “Promo Podarki” suvenirlar ishlab chiqarish korxonasi ta'sischisi, “Master Expert Partners” konsalting kompaniyasi asoschisi va rahbari. Biznes-reja tuzish va biznes konsultatsiya bo'yicha yirik tajribaga ega rahbar hamda Mexriniso Abdurazakova, “Forta Business Education” o'quv markazi rahbari.

Kurs yakunida ishtirokchilarga treningni muvaffaqiyatli tamomlaganligi to'g'risidagi sertifikat taqdim etiladi.

Тrening haqida qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun kurs koordinatori Nodirbek Abdurahmonovga (71)120-73-94/95, telefon raqamiga yoki nodirbek@ujc.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Davomiyligi: 18:45-21:40.

Narxi: 600 000 so'm.

Ro'yxatdan o'tish ilovasi: http://bit.ly/2EjT9ib

 

O'z SSP Axborot hizmati  t.me/uzchamber