20.01.2016 7763

Respublikamizda qurilish sohasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi respublikamizda qurilish sohasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tarmoqdagi ishlab chiqarish korxonalarining mavjud muammolarini hal etish hamda tarmoqni istiqbolda rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash maqsadida  qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va davlat organlari ishtirokida davra suhbatini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad tarmoqda  qurilish sohasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalar hamda zamonaviy materiallarni qo‘llashning imkoniyatlari, tarmoq korxonalarida mavjud texnologiya va jihozlarni modernizatsiya qilishning istiqbollari, yangi turdagi qurilish materillarini ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda qurilish materiallarini qurilish sohasida qo‘llash bo‘yicha mavjud ruxsat berishga oid tartib-tamoyillarni muhokama etish hamda tarmoqni kelgusida rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Mazkur davra suhbati 2016 yil 28 yanvar kuni soat 10-00 da  Palataning katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zstandart” agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, “Ipoteka Bank” ATB, “Qishloq qurilish invest” MChJning mas’ul xodimlari va respublikamizda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etishlari kutilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limining mas’ul xodimi Naim Temurxon bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz (t.naim@chamber.uz ,+99890 948-99-81).