22.01.2016 5647

AKT o‘quv markazi tomonidan xodimlarning axborot-kommunikatsion texnologiyalarga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminar treninglari o‘tkaziladi


2016 yilning 1 fevralidan AKT o‘quv markazi tomonidan xodimlarning axborot-kommunikatsion texnologiyalarga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminar treninglari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi №73-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tarkibida 2014 yil 1 sentyabrdan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari O‘quv markazi tashkil etilgan. Mazkur markazga Yig‘ma departament tarkibidagi barcha vazirlik, tashkilot va korxonalarning xodimlarini AKT buyicha o‘qitish vazifasi yuklatilgan.