17.12.2018 1739

"Yashil xafta 2019" xalqaro yirik ko'rgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz!


Germaniya Federativ Respublikasining “Messe Berlin” kompaniyasi Germaniya Fermerlar assotsiatsiyasi (DBV) hamda Germaniya Oziq-ovqat sanoat federatsiyasi (BVE) bilan hamkorlikda 2019 yil 18-27 yanvar kunlari Germaniyaning Berlin shaxrida “Yashil xafta-2019” xalqaro ko'rgazmasini tashkil etmoqda.

“Yashil xafta-2019” xalqaro ko'rgazma bu qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, o'rmonchilik, chorvachilik, bog'dorchilik yo'nalishlaridagi soxalar ichidagi dunyodagi eng yirik ko'rgazma xisoblanadi. Ushbu ko'rgazmada qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, eksport va import qilish kabi yo'nalishlarda xorijiy kompaniyalar o'z mahsulotlarini namoyon etadilar.

Ko'rgazmada mahalliy tadbirkorlar Germaniya va jahonning boshqa yetakchi davlatlaridan ishtirok etadigan qishloq xo'jaligi soxasidagi eng kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish, O'zbekistondan mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqish imkoniga ega bo'ladilar.

Mazkur ko'rgazmada ishtirok etish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlar quyidagi ma'lumotlarni (korxona nomi, ishtirok etadigan ma'sul rahbar ismi-sharifi, korxonaning faoliyat yo'nalishi, pasportidan nusha, aloqa uchun telefon raqami) Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasi ma'sul xodimi G.Shermatovaga (e-adres: g.shermatova@chamber.uz) 2018 yil 21 dekabrga qadar taqdim etishlarini so'raymiz.