17.12.2018 2381

Hurmatli tadbirkorlar!


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2018 yil 24 noyabrdagi Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini beruvchi vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini joriy etish ko'zda tutilgan.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan hamkorlikda 2018 yil 20 dekabr kuni soat 11-00 da “Poytaxt” Biznes markazida (5-qavat) respublikamizning vakolatli davlat organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini joriy etish bilan bog'liq  masalalarni muhokama etishga bag'ishlangan seminar o'tkazmoqda.

Mazkur seminarda ishtirok etish istagida bo'lgan eksport va import operatsiyalarini olib boruvchi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o'z takliflarini (korxona nomi, ishtirokchining ismi-sharifi, faoliyat yo'nalishi, telefon raqami) Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasiga 2018 yil 19 dekabr soat 17-00 ga qadar taqdim etishlarini so'raymiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Palataning ma'sul xodimi Javlon Nosirovga 97) 715-12-08 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.