21.12.2018 1016

Biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy masalalari.


O'zbekiston  Respublikasi Savdo-sanoat palatasi  va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish markazi tomonidan “Biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida “davra suhbati” tashkil qilindi.

“Davra suhbati”da SSP mas'ul xodimlari, markazning professor-o'qituvchilari va “Yurisprudensiya” yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar.

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining raisi, yu.f.n., dots. Foziljon Otaxonov o'z ma'ruzasida 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida 2018 yil 9 iyulda “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilinganligini ta'kidlab, mazkur Qonunga muvofiq Hakamlik sudlari ilk bor Palata tizimiga kiritilganligi, iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun Palataga Hakamlik sudlarini tashkil etish huquqi berilganligi, Hakamlik sudlari Palata va uning hududiy boshqarmalari huzurida faoliyat ko'rsatishi alohida moddada belgilanganligini qayd qildi.

“Davra suhbati” kun tartibidagi masalalar savol-javoblar asosida har tomonlanma muhokama qilindi. Jumladan, tadbikorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda Savdo-sanoat palatasining roli, Palata faoliyatining huquqiy asoslari, Palata huzurida Prezident qarori bilan tashkil qilingan Toshkent xalqaro arbitraj markazining asosiy vazifalari va funksiyalari to'g'risida batafsil  fikr almashildi.

 

O'z SSP Axborot xizmati