04.01.2019 2631

Hurmatli tadbirkorlar!


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Germaniyaga bir oy davomida bo'lib o'tadigan stajirovka uchun nomzodlar qabul qilishni e'lon qiladi.

Stajirovka yo'nalishi:

«Umumiy iqtisodiy hamkorlik».

Stajirovka ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2019 yil 1-yanvardan 1-fevralgacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati: 

  • Ishtirokchi anketasi (1 nusxada);
  • Ish joyidan ma'lumotnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Mehnat daftarchasi nusxasi;
  • Oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasi;
  • SSPga a'zolik haqidagi shartnoma nusxasi;
  • Soliq organlaridan qarzdorligi yo'qligi haqida ma'lumotnoma;
  • Tijorat bankidan qarzdorligi yo'qligi haqida ma'lumotnoma.

Germaniyada stajirovka davomida barcha o'qish va yashash xarajatlari Germaniyaning iqtisodiyot va energetika federal vazirligi tomonidan qoplanadi.

Toshkentda bo'lib o'tadigan 6 kunlik (2019 yil, fevral - mart) majburiy kurs bo'yicha o'qish xarajatlari, Germaniyaga borish-qaytish uchun avia chipta va u yerda ovqatlanish xarajatlari yuborayotgan korxona (yoki ishtirokchining o'zi) tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun qo'yiladigan asosiy talablar: 

  • O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zoligi;
  • Nomzodning oxirgi 2 yildan kam bo'lmagan, o'rta yoki yuqori pog'onada boshqaruvchi sifatidagi ish tajribasi mavjudligi;
  • Nomzodning yoshi – 45 yoshdan yuqori bo'lmasligi;
  • Oliy ma'lumotga egaligi;
  • Ingliz tilini yoki rus tilini mukammal bilishi.

 Muhim!

  • Saralash suhbatida faqat O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zolari bo'lgan tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin; 
  • Intervyu ingliz va rus tillarida o'tkaziladi (ingliz tili ustuvor sanaladi);
  • Ro'yxatda ko'rsatilgan barcha hujjatlar (anketalar www.chamber.uz saytidan yuklab olinishi mumkin) bir vaqtning o'zida to'liq va qogozga chiqarilgan holda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga quyidagi manzil bo'yicha taqdim qilinadi: Toshkent sh., A.Temur ko'chasi, 4;
  • To'ldirilgan anketa va pasportni elektron ko'rinishda taqdim etish talab qilinadi (sh.turgunbayev@chamber.uz).

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olish mumkin: (+998 78) 150-60-06 (SH.Turgunbaev, bosh mutaxassis) hamda www.chamber.uz.

 

So'rovnomani (rus tilida) yuklab olish

Loyiha haqida ma'lumotni (rus tilida) yuklab olish

Qo'llanmani (rus tilida) yuklab olish

 

O'z SSP Axborot xizmati