05.01.2019 1520

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.


Jamoatchilik muhokamalari doirasida 4 yanvar kuni Xarakatlar strategiyasi markazida Davlat dasturining III bandi "IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA FAOL INVESTITSIYA JALB ETISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI" muxokamasi bo'yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari O'.Butaev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil D.Kosimov, Xarakatlar strategiyasi markazi direktori A.Burxonov, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirokida tadbir o'tkazildi.

2019 yil Davlat dasturi loyihasi 253 ta banddan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy g'oya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida bo'lib o'tishi kutilayotgan muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan. 

Hujjat loyihasi bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan maxsus yaratilgan http://2019.strategy.uz/ veb-sayti yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi https://regulation.gov.uz/ru/document/1678 portali orqali tanishish, fikr va takliflarni bildirish mumkin.