14.01.2019 180

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2017 yildagi PK-2897-sonli “O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan davlat muassasasi shaklidagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi tashkil qilingan hamda mazkur qaror bilan Markazning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Mazkur qarorga asosan vazirlik va idoralar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari vakillari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan aholi uchun tashkil etiladigan bepul o'quv kurslarini o'tkazishda faol ishtirok etishi belgilangan.

Ushbu o'quv kurslari vazirlik va idoralar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xodimlari o'tkazilayotgan o'quv kurslarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazining internet tarmog'ida www.alternatus.uz WEB - sahifasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallari ishga tushirilgan bo'lib, bu orqali markaz faoliyati bilan bevosita tanishib borish, sohaga oid yangiliklarni kuzatish, savol va takliflarni yuborish va o'quv kurslarida ishtirok etish uchun on-layn ro'yxatdan o'tish imkoniyatlari yaratildi.

Mazkur saytda markaz tomonidan tashkil etilayotgan o'quv kurslarida faol ishtirok etayotgan vazirlik va idoralar va hamkor tashkilotlar to'g'risida tinglovchilarning xabardorligini oshirish maqsadida tegishli xavolalar joylashtirilgan.

Bu esa tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholi va faoliyatini yanada samarali tashkil qilishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub'ektlari vakillarining bilim va ko'nikmalarini oshirishda qo'shimcha qulayliklar vujudga kelishiga sabab bo'ladi.

 

O'zb SSP Axborot hizmati