21.01.2019 1247

O'zbekiston “Yashil haftalik - 2019” ko'rgazmasida ishtirok etmoqda!


O'zbekiston  “Yashil haftalik - 2019” ko'rgazmasida ishtirok etmoqda, ular orasida “Hunarmand” uyushmasining hunarmandlari ham bor. 

Germaniya poytaxti Berlin shahrida boshlangan 84-xalqaro “Yashil haftalik – 2019” ko'rgazmasida O'zbekiston stendi namoyish etilmoqda. 

Aytish joizki, mazkur ko'rgazmada dunyoning 70 mamlakatidan 1 ming 600 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etmoqda. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki,  ko'rgazmada hunarmandlar stendi ilk bor o'rnatilib, uyushma raisining o'rinbosari hamda hunarmandlar ham birinchi bor qatnashmoqdalar.

Mamlakatimiz stendi O'zbekiston Tashqi savdo vazirligi va “O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazmalar kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Unda yurtimizning iqtisodiy va eksport salohiyatiga keng o'rin berilgan.

O'zbekiston pavilonida tabiiy va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, ziravorlar, sharob mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari, shuningdek, milliy taomlar va yurtimiz sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda.

Unda yurtimizning iqtisodiy va eksport salohiyatiga keng o'rin berilgan. O'zbekiston pavilonida tabiiy va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, ziravorlar, sharob mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari, shuningdek, milliy taomlar va yurtimiz sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda. 

Ko'rgazma joriy yilning 27 yanvarigacha davom etadi.