25.01.2019 1712

O'z SSPda “Ma'naviyat soati” doirasida soliq siyosati mavzusiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.


“O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirishning targ'ib qilinishi, jamoatchilikga yetkazish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida har juma kuni o'tkazilib kelinayotgan “Ma'naviyat soati” doirasida soliq siyosati mavzusiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbirni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov ochib berdi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi bo'lim boshlig'i A.Kushanov va “Soliq-servis” DUK rahbari SH.Qayumovlar ishtirokida soliq konsepsiyasi haqida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi xodimlariga batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan soliq islohati konsepsiyasining asosiy jihatlari ochib berildi. Unda soliqlarni soddalashtirish, soliq va to'lovlarning sonini qisqartirish, soliq stavkalarini pasaytirilishi, soliq yukini teng taqsimlash, biznesni xufiyona iqtisodiyotdan ochiq ishlashga chiqarish hamda investitsion jozibadorlikni oshirish kabi masalalar yuzasidan taqdimot orqali ma'lumotlar berildi.

Shu bilan birgalikda, mazkur soliq islohati konsepsiyasidan kutilayotgan natijalar ya'ni ish haqi va aholi real daromadini oshirish, biznesni xufiyona iqtisodiyotdan ochiq ishlashga chiqarish, soliq organi va soliq to'lovchi o'rtasida ishchan munosabatni shakllantirish, soliq tizimi shaffofligiga erishish, soliq to'lovchilar uchun xarajat va ovoragarchiliklarni qisqartirish, soliqlarni hisoblash va to'lashni soddalashtirishda kutilayotgan natijalar haqida ham to'xtalib o'tildi.

A.Kushanov, daromad solig'i stavkasi, sug'urta badali, yagona ijtimoiy to'lov, foyda solig'i, mol-mulk solig'i, davlat maqsadli jamg'armalari, yagona soliq, ish haqidan soliqlar, qo'shilgan qiymat solig'i, yagona ijtimoiy to'lov, sug'urta badali, daromad solig'i kabi soliq stavkalari haqida amalda hamda konsepsiyaga qirilgan o'zragishlar haqida to'xtalar ekan, aniq misollar orqali tushuntirish berdi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1065-sonli qarorida tasdiqlangan go'sht (mol, ko'y, tovuq), shuningdek, hayvonlar (qoramol va parranda) tirik xamda ularni so'yish maxsulotlari, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch (barcha navlari), shakar, shu jumladan import kilingan, non maxsulotlari hamda sut ko'shilgan qiymat solig'idan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro'yxati qatoriga kiritilgani ma'lum qilindi.

SH.Qayumov, davlat soliq qo'mitasi tomonidan soliq to'lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida respublikamizning 14 ta hududida “Soliq-servis” DUKning hududiy markazlari tashkil etilganligini hamda aholi va xo'jalik sub'ektlariga axborot xizmatlarini ko'rsatish maqsadida “call-markaz” ((71) 202-32-82 yoki 1198 qisqa raqamlari)) maxsus servisi ishga tushirilganligi ma'lum qildi. Murojaatlar oyiga 600 ga yaqin tashkil etgan bo'lsa, konsepsiya qabul qilinganidan so'ng bu ko'rsatkichlar 1000 dan oshganligini ta'kidlab o'tdi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining (78) 150-60-06 yoki 1094 qisqa raqamlariga barcha tadbirkorlik sub'ektlari murojaat etishlari mumkinligini eslatib o'tamiz.   

Tadbir qizg'in savol va javoblarga boy tarzda o'tdi.

Taqdimotni ni yuklab olish  

O'z SSP Axborot xizmati