29.01.2019 3055

Afg'oniston bozoriga milliy mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari to'g'risida.


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan Afg'oniston Islom Respublikasida amalga oshirilayotgan turli loyihalar, grantlar, hayriya yordamlari doirasida zarur bo'ladigan mahsulotlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasidan yetkazib berish mumkin bo'lgan mahsulotlar yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda.

Bunda Afg'onistonga oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi, qurilish materiallari, tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal, kimyo, metallni qayta ishlash, rezina mahsulotlari va plastmassa sanoatidagi turli xalq iste'mol tovarlari, nooziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyati mavjuddir.

Shu munosabat bilan Afg'onistonga o'z mahsulotlarini eksport qilish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari mahsulotlarni eksport qilish yuzasidan tijorat takliflarini 2019 yil 5 fevralga qadar Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasining g.usmanov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so'raymiz.

Tijorat taklifini tayyorlash uchun ingliz va rus tilidagi shakllarini quyidagilar bo'yicha yuklab olish mumkin.

 

O'z SSP Axborot xizmati