30.01.2019 1477

Hurmatli tadbirkorlar!


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida joriy yilning fevral oyida (aniq sana qo'shimcha ravishda ma'lum qilinadi) Amerikaning «Little Caesars» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilmoqda. Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad «Little Caesars» brendini franchayzing asosida ishlash istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga berishda hamkorlik qilishdan iborat.

Mazkur kompaniya O'zbekiston bozoriga kirishning birinchi yili
2 restoran, keyingi 5 yilda esa ushbu restoranlar tarmog'ini 25 taga yetkazishni maqsad qilib qo'ygan.

Yuqoridagilarni inobadga olib, mazkur kompaniya bilan uchrashish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari 2019 yil 5 fevralga qadar Palataning eksportga ko'maklashish boshqarmasi Y.Xusanboevga (tel.:+99878-150-60-06, e-mail: y.khusanboyev@chamber.uz) murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

 

Kompaniya haqidagi batafsil ma'lumotni yuklab olish 

 

O'z SSP Axborot xizmati