01.02.2019 2469

Palata a'zosining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Palata a'zosi «Xalq sug'urta» MCHJ sug'urta kompaniyasi murojaat qilib, 10 925 505 so'mlik qarzdolikni regress tartibida undirilishida amaliy yordam berishni so'ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan, Palata tomonidan «Xalq sug'urta» MCHJ sug'urta kompaniyasi manfaatida qarzdorga nisbatan sudga da'vo ariza kiritilgan.

Ushbu da'vo arizasi yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Qorako'l tumanlararo sudi tomonidan 07.01.2019 yilda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Palataning da'vo talablari to'liq qanoatlantirilib, «Xalq sug'urta» MCHJ sug'urta kompaniyasining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

 

O'z SSP Axborot xizmati