13.02.2019 1144

«KAPITAL – SUG’URTA» AJ sug'urta kompaniyasining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Palata a'zosi «KAPITAL – SUG’URTA» AJ sug'urta kompaniyasi murojaat qilib, shartnomaviy huquqiy munosabatdan kelib chiqqan 7 617 086 so'mlik qarzdorlikni undirilishida amaliy yordam berishni so'ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan, Palata tomonidan «KAPITAL – SUG’URTA» AJ sug'urta kompaniyasi manfaatida qarzdorga nisbatan sudga da'vo ariza kiritilgan.

Ushbu da'vo arizasi yuzasidan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 31.01.2019 yilda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Palataning da'vo talablari qanoatlantirilib, «KAPITAL – SUG’URTA» AJ sug'urta kompaniyasining qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

O'z SSP Axborot xizmati