15.02.2019 1343

“LG International” Co.Ltd Jizzaxda 40 mil. AQSH dollarlik loyiha amalga oshirmoqchi.


Koreyaning yetakchi “LG International” Co.Ltd kompaniyasi bilan 40 million AQSH dollarlik shartnoma yuzasidan muzokaralar o'tkazildi. 

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatining bu haqda ma'lum qilishicha, "LG Internatioanal” Co.Ltd kompaniyasi vitse prezidenti Djun X.Kim boshchiligida tashrif buyuruvchilarni viloyat hokimi o'rinbosari A.Ahmadxo'jaev hamda viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig'i B.Akramov kutib olishdi.

A. Ahmadxo'jaev viloyatda keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda amalga oshirilayotgan ishlar va Jizzax viloyatida joriy yilning 1 martidan "Ilg'or hudud” dasturining istiqbollari va viloyatning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida ma'lumot berdi.

O'z o'rnida, "LG Internatioanal” Co.Ltd kompaniyasi vitse prezidenti Djun X.Kim so'zga chiqib, 2018 yil 29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida o'tkazilgan Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida imzolangan umumiy qiymati 40 mln. AQSH dollarilik "BOPP plyonka ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish” loyihasi yuzasidan to'xtaldi. Bitimning keyingi istiqbollari va loyihani amalga oshirish belgilangan hududning ahamiyati, ushbu loyihani jadallashtirish borasida ham fikr almashildi. 

Uchrashuvda tomonlar loyiha doirasidagi keyingi amaliy ishlar to'g'risida kelishib oldilar.

 

jizzax.uz