28.02.2019 1209

Hurmatli tadbirkorlar!


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida o'zaro savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019 yil 13 mart kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida (Toshkent shahar, Navoi ko'chasi 1”A”  uy) Qozog'iston tadbirkorlarining qurilish mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, un-don mahsulotlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar bilan biznes uchrashuv tashkil qilinmoqda. 

Ushbu biznes uchrashuvda 45 dan ortiq Qozog'iston kompaniyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan ushbu biznes uchrashuvda ishtirok etish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o'z takliflarini (korxona nomi, ishtirokchi F.I.SH., aloqa uchun telefon raqam) 2019 yil 8 martga qadar sh.boriykhon@chamber.uz  elektron manziliga taqdim etishingizni so'raymiz, qo'shimcha ma'lumot olish uchun Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasiga +99878 150-60-06 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 

O'z SSP Axborot xizmati