28.02.2019 1007

O'z SSPda Turkiyaning “UMY Danışmanlık İç ve Dış Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Turkiyaning “UMY Danışmanlık İç ve Dış Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi hamda Kazan sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi a'zolari 2019 yil 25-27 fevral kunlari o'zbekistonlik tayudbirkorlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, O'zbekistonda tadbirkorlik bilan shug'ullanish imkoniyatlarini o'rganish maqsadida Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida turkiyalik ishbilarmonlar bilan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimiyati va Olmazor tumani hokimiyatida uchrashuvlar o'tkazilishi belgilangan.

26 fevral kuni turkiyalik tadbirkorlar O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov tomonidan qabul qilindi. Turkiyalik ishbilarmonlarga mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda biznes yuritishning imkoniyatlari to'g'risida ma'lumot berildi.

Shuningdek, Palata binosida Turkiya ishbilarmonlarining mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tadbirkorlar o'rtasida ishlab chiqarish va savdo sohasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

 

O'z SSP Axborot xizmati