11.03.2019 403

"Qanday qilib marketing orqali savdo hajmini oshirishingiz mumkin?" mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz!


Savdolaringiz tushib ketmoqdami? Yangi mahsulotni bozorga qanday olib chiqishni bilmoqchimisiz? Mahsulotingizni necha pulga baholashni bilmayapsizmi? Yangi mijozlarni qayerdan topish ustida bosh qotirmoqdamisiz? Reklama va Marketingning farqini bilmoqchimisiz? Reklamaga sarflagan pullaringizni unumdorligini (samaradorligini) hisoblay olmayapsizmi?

Hurmatli yosh tadbirkorlar, Sizlarni taniqli marketolog Baxtiyor To'xtayevning "Qanday qilib marketing orqali savdo hajmini oshirishingiz mumkin?" mavzusidagi master klassga taklif qilamiz.

Ushbu master klassda Siz marketing tushunchasi nimaligini, marketingda qanday yo'nalishlar borligini, ushbu yo'nalishlarning mohiyatini va tadbiq qilish usullarini o'rganasiz. Bundan tashqari marketing sohasidagi o'zgarishlar va yangi yo'nalishlar bilan tanishasiz.

O'tkazilish sanasi: 2019 yil 29-mart kuni

O'tkazilish vaqti: 16.00 - 19.00

O'tkazilish joyi: Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar kengashi

Quyidagi telefon raqami orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: +998 97 274 24 27

 

O'z SSP Axborot xizmati