13.03.2019 827

Hurmatli tadbirkorlar!


2019 yilning 3-5 aprel kunlari DİMAX savdo-ko'rgazma biznes markazida UzbekBuild o'zbek-turk qurilish ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Qurilish vazirligi, SSP, O'zLiDeP, hamda MUSIAD ning O'zbekistondagi vakolatxonasi qo'llab-quvvatlashi asosida uyushtirilayotgan ko'rgazma O'zbekistonda ilk marta tashkil etilmoqda.

Uzbekbuild ko'rgazmasida qanday mahsulotlar namoyish etiladi?

Turkiyaning qurilish industriyasi sohasidagi 40 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etadigan ko'rgazmada beton zavodlar, asfalt zavodlari, ko'tarma kranlar, ekskavatorlar, greyderlar, yuklash mashinalari, maydalovchi-saralovchi uskunalar, bruschatka va spliter bloklar ishlab chiqaruvchi uskunalar, maxsus qurilish texnikalariga ehtiyot qismlari, qoziqlar (svai)ni uruvchi burg'ilash texnikalari, betonnasoslar, betonaralashtiruvchi transport vositalari kabilar namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, qurilish buyoqlari, metallga ishlov berish qurilmalari, elektr yoritqich jihozlari va uskunalari, yoritqich ustunlari, isitish tizimi, sovutish va havo aylantirish tizimi, kranlar, yo'l to'siqlari, yuk va yo'lovchi ko'targichlari, ishlov berish uchun dekorativ materiallar, me'morchilik yechimlari, landshaft dizayni va ko'kalamzorlashtirish vositalari kabilar ham ko'rgazmaga kelganlar e'tiboriga havola etiladi.

4 aprel kuni ko'rgazma doirasida 14:00-17:00da o'zbek-turk tadbirkorlari o'rtasida ikki tomonlama В2В korporativ uchrashuvlar tashkil etiladi. Ta'kidlash o'rinliki, ko'rgazmaga kirish mutlaqo BEPUL!

Ko'rgazma doirasida, shunindek, O'zbek-Turk qurilish biznes forumi ham bo'lib o'tadi. U 2019 yil 3 aprel, ko'rgazma ochilish kunida tashkil etiladi. Mazkur forumda beton, asfalt va inert materiallar ishlab chiqarishning eng yangi zamonaviy texnologiyalar haqida ma'lumotlar beriladi hamda ikki mamlakatning qurilish sohasidagi hamkorligi muhokama qilinadi.

DİMAX savdo-ko'ngilochar biznes markazi poytaxtning sanoat zonasida, yirik qurilish bozori va ishlab chiqarish markazi yonginasida joylashgan. Tashkil etilayotgan ko'rgazma vositasida qurilish mahsulotlari va materiallari sotuvchilar hamda tadbirkorlarga manzilli tarzda yetkazish maqsad qilingan.

Ko'rgazmaga 3 kun mobaynida kirish mutlaqo BEPUL bo'lib, 10:00-18:00 oralig'ida tashrif buyurish mumkin.

 

O'z SSP Axborot xizmati