13.03.2019 303

O'zbekiston va Qozog'iston tadbirkorlarining biznes uchrashuv bo'lib o'tdi.


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019 yil 13 mart kuni Qozog'iston va O'zbekiston tadbirkorlarining qurilish va oziq-ovqat mahsulotlari, un-don mahsulotlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va o'zaro savdoni tashkil etish bo'yicha biznes uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu biznes forumda 40 dan ortiq Qozog'iston kompaniyalari hamda respublikamizning 150 ga yaqin kompaniyalari ishtirok etdilar.

Forum davomida Qozog'istondan tashrif buyurgan ishbilarmonlar O'zbekistonda yaratilgan investitsion muhit, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «Б2Б» uchrashuvida O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi.

Ta'kidlash joizki, 2018 yilgi o'zaro tovar aylanmasining hajmi 3 022,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (+47%), ulardan 1 457,7 mln.doll. AQSH dollari eksport (+37,8%), 1 564,7 mln. AQSH dollari importga to'g'ri keladi (+56,8%).

Asosiy eksport mahsuloti tabiiy gaz, meva va sabzavotlar, xizmatlar va plastmassalar va ulardan mahsulotlar hisoblanadi. Qolgan eksport hajmi to'qimachilik mahsulotlari, metallar, o'g'itlar va boshqalarni tashkil etdi.

Import: qora metall, bug'doy va bug'doy uni, neft va neft mahsulotlari, ohak va sement, aychichek urug'i, alyuminiy, paxta va soya yog'i, sabzavotlar va boshqalar.

Bugungi kunda O'zbekistonda Qozog'iston sarmoyasi ishtirokida 336 ta qo'shma korxona faoliyat yuritmoqda. 287 qo'shma korxona va Qozog'istonning 16 ta kompaniyasining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o'tgan.

Mazkur korxonalarning asosiy faoliyat yo'nalishlari savdo operatsiyalari, transport-logistika va boshqa xizmatlar ko'rsatish, qurilish materiallari va xalq iste'moli mollari ishlab chiqarishdan iboratdir.

O'z navbatida, Qozog'istonda, O'zbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida 199 ta korxonalar (qo'shma korxonalar, savdo uylari va filiallar) tashkil etilgan.

 

O'z SSP Axborot xizmati