26.03.2019 340

Jahon banki vodiy viloyatlariga 200 million dollar kredit beradi.


Jahon bankining Direktorlar kengashi Farg'ona vodiysi viloyatlarida qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200 million dollar kredit berishni ma'qulladi.

Sputniknews bank vakolatxonasi xabariga asoslanib ma'lum qilishicha, kreditlar Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun texnik ko'mak ko'rsatish, qishloq xo'jalik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va turizm sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga yo'naltiriladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston 1995 yildan buyon Jahon banki a'zosi. Shu kunga qadar Jahon banki O'zbekistonga 4 milliard dollar miqdorida kreditlar ajratgan. Ushbu kreditlar hisobidan 36ta loyiha amalga oshirilgan.

 

www.uza.uz