08.04.2019 1118

“O'zbekiston-Chexiya” biznes-forumi va ikki mamlakatning ishbilarmon doira vakillari bilan «B2B» formatida uchrashuv bo'lib o'tdi.


2019 yil 8 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “O'zbekiston-Chexiya” biznes-forumi va ikki mamlakatning ishbilarmon doira vakillari bilan «B2B» formatida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Chexiya Respublikasi Savdo-sanoat vazirligi vaziri Marta Novakova boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga qurilish, metallurgiya va mineralni qayta ishlash, logistika, sayyohlik, qurilish va kimyo sanoati mahsulotlari, xavfsizlik tizimlarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi va tog'-kon sanoati sohasida faoliyat yurituvchi 22 ta kompaniya vakillari o'rin olgan.


Forum davomida Chexiya Respublikasi delegatsiya vakillari O'zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.


Ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «G2B» va «B2B» uchrashuvida 80 dan ortiq mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etishdi hamda O'zbekiston va Chexiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi. 
2018 yilda o'zaro tovar aylanmasining hajmi 69,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.


O'zbekiston Respublikasidan Chexiya Respublikasiga kiyim-kechak va to'qimachilik mahsulotlari, xizmat ko'rsatish sohasi, alyuminiy va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, uskunalar, plastmassadan tayyorlangan buyumlar va boshqa mahsulotlarni eksport qilishadi.


Chexiya Respublikasidan O'zbekistonga kimyoviy mahsulotlar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, uy hayvonlari, optik asboblar, farmatsevtika, mebel sanoati, shakar va boshqalar import qilinadi. 


Mamlakatimizda Chexiya Respublikasi kapitali ishtirokida 25 korxona mavjud. Shundan 10 tasi 100% Chexiya Respublikasi kapitali asosida faoliyat yuritib kelmoqda. 

 

O'z SSP Axborot xizmati