10.04.2019 726

Tadbirkorga faoliyatni boshlash uchun amaliy ko'mak berildi.


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbariyati qabulida Farg'ona filoyati, Toshloq tumanida ro'yxatdan o'tgan “Muzaffar bobo” fermer ho'jaligi rahbari U.Fuzailov bo'ldi.

Qabulda, U.Fuzailov fermer ho'jaligini tashkil etish orqali viloyatda tadbirkorlik rivojiga hissa qo'shishni niyyat qilganligi, biroq, hujjatlarni to'liqligicha rasmiylashtirish bilan bog'liq muammo ushbu ishlarni amalga oshirish yo'lida to'siqqa aylanganligi ma'lum qilindi.

Jumladan, Farg'ona viloyati, Toshloq tuman hokimining 2018  yil 7  sentyabrdagi 2193-son qaroriga muvofiq, ajratilgan yer maydoni tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo'limiga ushbu qaror asosida fermer xo'jalik rahbari bilan “Er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi”ni rasmiylashtirish vazifasi yuklatilgan.

Oradan, yarim yildan ortiq muddat o'tgan bo'lishiga qaramasdan masala hal etilmadi. Bir qarashda oddiygina yechim topishi mumkin bo'lgan ushbu masala tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini boshlash, shu orqali o'ziga va jamiyatga naf keltirishi mumkin bo'lgan ishlarni amalga oshirish imkoniyatini kun sayin orqaga surdi.

Savdo-sanoat palatasi va uning Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan ko'rilgan choralar natijasida, tutchilikni amalga oshirish uchun jami 13,71 ga yer maydoni 49 yil muddatga ijaraga olish bo'yicha tuman hokimi va fermer ho'jaligi o'rtasida shartnomani rasmiylashtirib berildi va shu orqali tadbirkor masalasi qisqa muddatlarda ijobiy hal etildi.

 

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Axborot xizmati