12.04.2019 1265

O'z SSPning Call markaziga kelib tushayotgan murojaatlar taxlili.


2019 yil Ish rejasiga asosan bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olingan bo'lib, bu bo'yicha uch oydagi holat quyidagicha:

I. 2019 yil uch oy davomida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining 78 150-60-06 yagona raqami hamda 1094  ishonch telefoni orqali ish vaqti va ish vaqtidan tashqari 9807 ta qo'ng'iroq qabul qilingan bo'lib, ushbu qo'ng'iroqlarning hafta kunlari kesimidagi statistikasi quyida keltirilgan:

II. Qo'ng'iroqlar hududlar kesimida

III. Uch oy davomida Palataning 78 150-60-06 yagona raqami hamda 1094 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilgan murojaatchilar.

1. Tadbirkorlik subektlaridan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni hamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi - 4586

- Turli yo'nalishlarda yuridik maslahat berish

- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)

- Palataga a'zolik bo'yicha maslahat olish

- Kafolat xati olish uchun kerakli xujjatlar tartibi xamda kafolat xati tayyorligini aniqlashtirish masalasi.

- Xalqaro o'quv dasturlari (GIZ, SABIT) masalasi

- Biznes-forum, ko'rgazma va yarmarkalar xaqida ma'lumot olish va ularda ishtirok etish

2. HB/TKMlar orqali kelib tushgan qo'ng'iroq soni xamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi - 3003

- A'zolik badalining hisob raqamiga tushgan-tushmaganligini aniqlash masalasida

- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)

- Kafolat xati tayyorligini aniqlashtirish masalasi

- HB\TKM xodimlari tomonidan sanoat korxonalarida o'tkazilgan So'rovnomalar bo'yicha

- A'zolik guvoxnomasi tayyor bo'lganligini aniqlashtirish masalasi

3. Davlat organlaridan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni xamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi - 1809

- Tadbirkorlik faoliyatiga aloqador bo'lgan yangi qonun, qaror loyihalari va normativ huquqiy-xujjatlar bo'yicha

- Xat masalasi (ijrochini aniqlash)

- Tadbirlar, uchrashuvlar, ekspertlar  kengashida ishtirok etish masalasida

4. Tadbirkorlik subektiga ega bo'lmagan jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan  qo'ng'iroqlar soni hamda qo'ng'iroqlar yo'nalishi – 301

- Tadbirkorlikni boshlash tartiblari bo'yicha ma'lumot olish

- Bo'sh ish o'rinlari to'g'risida, xamda ishga joylashish bo'yicha suxbat

-  Xat masalasi (ijrochini aniqlash)

- Yer olish tartibi bo'yicha maslahat olish

- Kredit olish tartiblari  xamda bankda yuzaga keladigan muammolar masalasi

5. Xorijiy davlatlar tomonidan kelib tushgan qo'ng'iroqlar soni - 108

-  Xat masalasi (ijrochini aniqlash)

- QK va XK ochish tartiblari bo'yicha ma'lumot olish

- Investitsiya kiritish

- O'zbekistondagi mavjud korxonalar ro'yxatini olish

 

O'z SSP Axborot xizmati