16.04.2019 442

“Tashabbus-2019” ko'rik tanlov boshlandi.


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili o'tkazib kelinayotgan «Tashabbus-2019» ko'rik tanloviga arizalar qabul qilinayotganini ma'lum qiladi.


Ishtirokchilar asosiy 5 ta nominatsiyalar

  • “Sanoat sohasidagi yilning eng yaxshi tadbirkor”;
  • “Xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”;
  • “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”;
  • “Yilning eng yaxshi fermeri;
  • “Yilning eng yaxshi hunarmandi”.

Shuningdek ko'shimcha nominatsiyalar bo'yicha ham aniqlanadilar.

Ko'rik-tanlov tuman (shahar) bosqichlari: 22 apreldan 15 mayga qadar

Ko'rik-tanlov Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi: 20 maydan 12 iyunga qadar

Ko'rik-tanlov respublika bosqichlari: 20-21 iyun kunlari o'tkaziladi.

Barchangizni taklif etamiz! Tashabbusni qo'ldan boy bermang!

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun 78 150 60 06 yoki http://t.me/uzchamber telegram kanalidan xabardor bo'lishingiz mumkin. 


O'z SSP Axborot xizmati