29.04.2019 834

Belgiya kompaniyasi O'zbekistonga 700 million dollarlik investitsiya kiritadi.


O'zbekistonning Belgiya Qirolligidagi elchisi Dilyor Hakimov Bryusselda “Stone City Energy” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda ushbu kompaniya mamlakatimiz energetika sektoriga investitsiya kiritish istagida. Xususan, “Stone City Energy” kompaniyasi O'zbekiston energetika sektoriga birinchi bosqichda 700 million sarmoya kiritish bo'yicha mamlakatimiz hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda.

Dilyor Hakimov “Stone City Energy” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv chog'ida ushbu maqsadlarga qaratilgan sa'y-harakatlarni davom ettirishda amalga oshiriladigan navbatda qadamlarni muhokama qildi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Xabarda qayd etilishicha, “Stone City Energy” kompaniyasi bosh menejeri Alan Danyo hamkorlik masalalari bo'yicha mamlakatimizda bo'lib o'tgan uchrashuvlar natijasini ijobiy baholagan.