14.05.2019 1346

Bugun, O'zbekiston-Koreya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo'lib o'tdi.


2019 yil 14 may kuni O'zbekiston-Koreya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Tadbir doirasida Koreya va O'zbekiston ishbilarmon doira vakillari o'rtasida LED-displeylar, qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish, tibbiyot uskunalari, kosmetika mahsulotlari, xavoni tozalovchi uskunalarni ishlab chiqarish kabi sohalarda qo'shma biznes loyihalarini amalga oshirish uchun “B2B” formatida muzokaralar tashkil etildi.


Tadbir davomida Koreya Respublikasi delegatsiyasi vakillari O'zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tadbir davomida O'zbekiston va Koreya kompaniyalari o'rtasida shartnomalar va memorandumlar imzolandi.

O'zb SSP Axborot hizmati