17.05.2019 872

"Davlat-xususiy sherikchilikni asosiy maqsadlari, hujjatlarini tayyorlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish" mavzusida bo'lib o'tadigan seminarga taklif etamiz.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.12.2018 yildagi 1009-son “O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bandi d) bandostiga ko'ra, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi seminarlar, sessiyalar, taqdimotlar, davra suhbatlarini tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik masalalarida davlat sheriklari mutaxassislarining malakasini, jumladan, xorijda oshirishni tashkil etishga ko'maklashadi deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda

"Davlat-xususiy sherikchilikni asosiy maqsadlari, hujjatlarini tayyorlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish" mavzusida seminar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur seminar joriy yilning  24 may kuni 10:00 da O'zbekiston Savdo sanoat palatasi binosida bo'lib o'tadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun +998909298635 telefon raqamiga murojaat etishingiz mumkin. 

 

O'z SSP Axboort xizmati