31.05.2019 891

O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik istqbollariga bag'ishlangan BIZNES TAQDIMOT


O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019 yil 10 iyun kuni soat 09-30 da Toshkent shahridagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida “O'zbekiston va Xitoy o'rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning salohiyati” mavzusida taqdimot o'tkaziladi.

Mazkur tadbirda Xitoyning Shansi viloyatida oziq-ovqat, elektrotexnika, tekstil, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosi, energetika, tibbiyot, qurilish, transport va logistika sohalarida faoliyat yurituvchi 20 ta kompaniyaning ishtirok etishi hamda O'zbekiston bilan o'zaro savdo va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarida taqdimotlari o'tkaziladi.

Xitoylik kompaniyalar bilan o'zaro manfaatli biznes aloqalarni o'rnatish istagida bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari mazkur tadbirda ishtirok etish bo'yicha takliflarini (korxona nomi, ishtirok etuvchi xodim ismi-sharifi, faoliyat yo'nalishi, telefon raqami) 2019 yil 7 iyunga qadar Palataning expo@chamber.uz elektron manziliga yuborishlarini so'raymiz.

Tadbir to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasi ma'sul xodimi A'zamov Sardorga +99899 774-45-94 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

SSP Axborot xizmati