01.06.2019 1531

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi investorlarni “Doing Business with Namangan-2019” da faol ishtirok etishga taklif etadi.


Shu yilning 7-8 iyun kunlari Namangan shahrida “Doing Business with Namangan-2019” Xalqaro investitsiya forumi hamda “Made in Namangan-2019” Namangan ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Mazkur tadbirlar Namangan viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan salohiyat va imkoniyatlar bilan xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyatini va xalqaro tashkilotlar vakillarini tanishtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Biznes forumda ishtirok etish uchun 99 321-80-50 raqami orqali ro'yxatdan o'tishni unutmang!

Dasturni yuklab olish