08.06.2019 304

“Tashabbus-2019” ko'rik-tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi bo'lib o'tdi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an'anaviy tarzda tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar orasida o'tkaziladigan «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovini yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 apreldagi 278-f-sonli va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 19 apreldagi №120-b sonli Farmoyishlariga asoslanib, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyida «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi ishtirokchilarining mahsulotlar ko'rgazmasi va g'oliblarni taqdirlash ma'rosimi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat akademik musiqiy teatrida bo'lib o'tdi.

«Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovi mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muxim voqealardan bo'lib, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish borasida katta axamiyatga ega. 

Tanlovni o'tkazishdan maksad – xududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini rag'batlantiruvchi biznes muhit yaratish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini oshirish, tadbirkorlarning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatidagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish, tadbirkorlar o'rtasida xo'jalik aloqalarini kengaytirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni reklama qilishga ko'maklashish, tadbirkorlik faoliyatida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishga ko'maklashish hisoblanadi.

«Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining shahar va tuman bosqichlari shu yilning 3-14 may kunlari bo'lib o'tib, g'oliblar aniqlandi va ular Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi. Tanlovda yil yakunlariga ko'ra yuqori ko'rsatkichlarga erishgan va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta xissa qo'shgan tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar beshta asosiy sanoat soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori», xizmat kursatish soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori», «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori», «Yilning eng yaxshi fermeri» va «Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo'nalishlari bo'yicha bellashishdi. Qoraqalpog'iston Respulikasi tuman va shaxar bosqichlarida asosiy yo'nalishlar bo'yicha 800 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular orasidan  79 tasi g'olib deb topilib, Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichida  qatnashish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyida «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi ishtirokchilarining mahsulotlar ko'rgazmasi va g'oliblarni taqdirlash ma'rosimi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat akademik musiqiy teatrida bo'lib o'tdi. Tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariev ochib berdi. O'zbekiston Xunarmandlar uyushmasi raisi, Savdo-sanoat palatasi rayisining o'rinbosari U.Abdullaev tanlovning yurtimizda 23 marotaba o'tkazilayotgani bilan tanlov ishtirokchilarini muborakbod etdi. O'z navbatida, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i A.Ibragimovlar ushbu ko'rik-tanlov ishtirokchilari orasida xotin-qizlarning va yoshlarning soni yildan-yilga ortayotganligini hamda bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi xududiy mahsulotdagi hissasining yildan-yilga ortayotganligini alohida ta'kidlab o'tishdi va barcha ishtirokchilarga omadlar tiladi.

«Tashabbus-2019» tanlovining shahar va tuman bosqichi g'oliblarining ko'rgazmalari bilan birga oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkillashtirildi. Ko'rgazmaga tadbirkor, fermer xo'jaliklari va hunarmand ustalar ishlab chiqargan mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlari xorij mahsulotlari bilan raqobatbardoshlik borasida baxslashishga tayyor ekanligi ko'rsatildi. Ko'rgazmani tamosha qilishga barcha tuman va shaharlardan 1500 ga yaqin tamoshabinlar keldi.

Hay'at a'zolari ishtirokchilar tomonidan namoyish etilgan mahsulotlarni ko'zdan kechirib, ularning hulosasiga ko'ra kuyidagilar g'olib deb topildi:

Sanoat soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb Taxiatosh tumanidan "Atiyaj Gulzar" ma'suliyati cheklangan jamiyati boshlig'i Mustafaev Azat topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

Xizmat kursatish soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb Nukus shahridan "Nukus Ziada Nur" NTM boshlig'i Utenazarova Ziyada topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

«Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb Nukus shahridan "Nukus lak boyoqlari"  ma'suliyati cheklangan jamiyati boshlig'i Artikov Asqar topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

«Yilning eng yaxshi fermeri» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb Qo'ng'irot tumanidan "Azizxon-SHaymardon" fermer xo'jaligi rahbari Satlikov Bayramdurdi topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi, bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

«Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb Shumanay tumanidan hunarmand Matrzaeva Rozaliya topildi. G'olib mahsus diplom, oltin medal, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

 

O'z SSP Axborot xizmati