10.06.2019 1079

«Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi g'oliblari aniqlandi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an'anaviy tarzda tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar orasida o'tkaziladigan «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovini yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 apreldagi 278-f-sonli farmoyishiga asoslanib, Navoiy viloyati Yoshlar markazida «Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

«Tashabbus-2019» ko'rik-tanlovi mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muxim voqealardan bo'lib, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish borasida katta axamiyatga ega. 

Tanlovni o'tkazishdan maksad – xududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini rag'batlantiruvchi biznes muhit yaratish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini oshirish, tadbirkorlarning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik faoliyatidagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish, tadbirkorlar o'rtasida xo'jalik aloqalarini kengaytirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni reklama qilishga ko'maklashish, tadbirkorlik faoliyatida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishga ko'maklashish hisoblanadi.

«Tashabbus-2019» tanlovining shahar va tuman bosqichi g'oliblarining ko'rgazmalari bilan birga oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkillashtirildi. Ko'rgazmaga tadbirkor, fermer xo'jaliklari va hunarmand ustalar ishlab chiqargan mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlari xorij mahsulotlari bilan raqobatbardoshlik borasida baxslashishga tayyor ekanligi ko'rsatildi. 

Hay'at a'zolari ishtirokchilar tomonidan namoyish etilgan mahsulotlarni ko'zdan kechirib, ularning hulosasiga ko'ra kuyidagilar g'olib deb topildi:

Sanoat soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, Navoiy shahridagi «ZARAFSHAN GOLDEN GROUP» ma'suliyati cheklangan jamiyati topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

Xizmat ko'rsatish soxasida «Yilning eng yaxshi tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, Navoiy shahridagi «Trayding servis» ma'suliyati cheklangan jamiyati topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

«Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb zamonaviy intensiv baliqchilik faoliyati bilan shug'ullanadigan  «Eksport fish product» mas'uliyati cheklangan jamiyati topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

«Yilning eng yaxshi fermeri» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb Navbahor tumanidagi  «Safo sevdi» ko'p tarmoqli fermer xo'jaligi topildi. G'olib mahsus diplom, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi, bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

«Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb, Nurotalik yakka tartibdagi tadbirkor Gulmira Islomova topildi. G'olib mahsus diplom, oltin medal, qimmatbaho sovg'a, Tashabbus statuetkasi bilan taqdirlandi va Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi.

 

O'z SSP Axborot xizmati