18.06.2019 427

Hurmatli tadbirkorlar va yurtdoshlar!


Sizlarni 20-21 iyun kunlari soat 10-00 da "O'zEkspomarkaz"ning 3-pavilonida bo'lib o'tadigan "Tashabbus-2019" ko'rik-tanlovi respublika bosqichining ochilish marosimi va ko'rgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz. 

"Tashabbus-2019" ko'rik-tanlovi respublika bosqichida ishtirokchilar 5 ta asosiy nominitsiyalar bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritadilar.

  • Sanoat sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori” 
  • Xizmat ko'rsatish sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori” 
  • “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”
  • “Yilning eng yaxshi fermeri”
  • “Yilning eng yaxshi hunarmandi” 

Mutloq g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy sovrini "Spark" avtomashinasiga ega bo'ladilar!

 

O'z SSP Axborot xizmati