04.07.2019 1036

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4090-son qaroriga muvofiq “SINO” aksiyadorlik jamiyati davlat aksiyalari paketini investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymati bo'yicha korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini to'lash bilan bir vaqtda korxonaning faoliyatini sog'lomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish sharti bilan berish bo'yicha tanlov savdolari e'lon qilinadi.

Tanlov o'tkazish muddati: Talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlarning bir nusxasi 2019 yil 24 iyul kuni, soat 10:00 da, Samarqand viloyat hokimligida, Ko'k-Saroy maydoni 1-uyda ochiladi, tanlov savdosi shu kuni bo'lib o'tmagan taqdirda takroriy tanlov savdolari har haftaning chorshanba kunlari, soat 10:00 da viloyat hokimligida xududiy tanlov komissiyasi tomonidan o'tkaziladi.

Tanlov savdolari natijalari bo'yicha tegishli bayonnoma imzolangan sanadan boshlab 10 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Tanlovda g'olib deb topilgan talabgor shartnoma imzolangandan keyin 30 kun muddat ichida tanlov ob'ektini mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholatadi, bunda baholashga ketadigan sarf-harajatlar tanlov g'olibi hisobidan amalga oshiriladi.

Hududiy tanlov komissiyasi ko'rib chiqishi uchun muhrlab qo'yilgan konvertda tanlov taklifini taqdim etgan holda tanlovda qatnashish uchun buyurtmanoma qabul qilish tanlov savdosi o'tkazilishi to'g'risida e'lon chop etilgan sanadan boshlanadi va 2019 yil 22 iyul kuni soat 18:00 da to'xtatiladi. Tanlov dastlabki savdo sanasida bo'lib o'tmagan taqdirda takroriy tanlov savdolari har xaftaning chorshanba kunlari tashkil etiladigan tanlov savdolarida ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan buyurtmanoma har xaftaning seshanba kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni olish mumkin bo'lgan manzil: Samarqand shaxri, Mir Said Baraka ko'chasi, 49-uy, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyat xududiy boshkarmasi binosi (xususiylashtirish bo'limi).

Ma'lumotlar uchun quyidagi telefonlar: (0366) 237-71-45, (99) 595-55-12, (0366) 233-73-54 (faks) hamda samarqand-gkk@exat.uz, samarqand@davaktiv.uz, samdavaktiv.uz internet sayti orqali olishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumotlarni yuklab olish 

Sino AJ pasportini yuklab olish  

 

O'z SSP Axborot xizmati