08.07.2019 552

Mahsulotlarni to'g'ri narxlash siyosati


Biznesingizni yanada rivojlantirmoqchimisiz?

Maslahatimiz: 

Biznesingizda narxlarni ichki tuyg'ular asosida yoki raqobatchilarga qarab belgilashga chek qo'ying. Mahsulotingizning narxi - bu sizning asosiy daromadingiz ekanligini unutmang va bu ishni aslo raqobatchilaringizga ishonib topshirmang. 

Joriy yilning 12 iyul kuni Ispaniyada moliya yunalishi buyicha magistrlik unvoni erishib, keyinchalik Angliyada Marketing muloqoti (qizil diplom) yunalishi buyicha ham magistr unvonini qo'lga kiritgan va Yevropadagi o'qishi davomida G'arbiy marketing sirlarini mukammal o'zlashtirgan malakali marketolog Bakhtier Tukhtaev ning "Mahsulotlarni to'g'ri narxlash siyosati" mavzusidagi navbatdagi master-klassi taklif etamiz.

Asosiy mavzular: 

-Narxlash siyosati;

-Narxga ta'sir kiluvchi omillar; 

-Talabni elastliligi;

-Foyda formulasi (Zararsizlik nuqtasi);

-Narxlash usullari;

-Narx indeksi;

-Narxlashdagi taktik yondashuvlar;

-Misollar (juda ko'p misollar). 

Master-klass davomiyligi: soat 15:00 dan 19:00 gacha.

Qiymati: 350 000 so'm. 

Tinglovchilar soni (cheklangan): 15 kishi. 

Master-klassda siz nafaqat marketing sohasida ulkan tajribaga ega spikerni tinglash, balki amaliy mashg'ulotlarda ham faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Master-klass yakunida Siz mahsulotingizni narxlash uchun barcha aniq usul va omillarni o'zlashtirgan holda korxonangiz daromadlarini bir necha barobarga oshirishingiz mumkin bo'ladi.

Ushbu master-klassda ishtirok etish istagida bo'lsangiz +998 97 274 2427 telefon raqamiga bog'lanib, o'zingizni ishtirokchilar ro'yxatiga kiritib qo'yishni unutmang.

 

O'z SSP Axborot xizmati