10.07.2019 594

Hurmatli tadbirkorlar!


2019 yilning 29-30 avgust kunlari Jizzax shahridagi "Yoshlar" markazi binosida Xalqaro investitsiya forumi va Jizzax viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

Xalqaro investitsiya forumi hududlarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shuningdek, hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud salohiyat va imkoniyatlar bilan xorijiy davlatlarning biznes xamjamiyatini, xalqaro tashkilotlar vakillarini tanishtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Jizzax  viloyati xokimligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi tomonidan xorijiy ishbilarmonlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etishadi. 

Mazkur tadbirda respublikaning boshqa hududlaridan mahalliy va xorijiy investorlar hamda hamkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar: I. Alimov, +99894-199-93-99 yoki elektron pochta: islam_alimov93@mail.ru

 

O'z SSP Axborot xizmati