16.07.2019 300

Toshkentda o'zbek-afg'on biznes-forumi bo'lib o'tdi.


Joriy yilning 15 iyul kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida o'zbek-afg'on biznes forumi bo'lib o'tdi, unda ikkita davlat vazirliklari va idoralarining vakillari, O'zbekiston va Afg'onistonning ishbilarmonlik doirasi raislari va a'zolari, shuningdek kichik va o'rta biznesning 200dan ziyod vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan ikki tomonlama munosabatlarning jo'shqinligi, iqtisodiy aloqalar va sanoat kooperatsiyasining mustahkamlanishi, tovar ayirboshlash hajmining o'sishi ko'p marotaba ta'kidlandi. Bunga tasdiq sifatida joriy yilning bahorida chegara oldi hududida ochilgan- ikki mamlakat o'rtasida savdo aloqalarini jadallashtirish uchun keng istiqbollarni ochadigan yangi loyiha - “O'zbekiston-Afg'oniston” erkin savdo zonasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Forum doirasida shuningdek kooperatsion birja va V2V va G2V formatidagi muzokaralar o'tkazildi. Ikki mamlakatning tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida yangi aloqalarni o'rnatish va mavjud bo'lganlarini kengaytirish haqida kelishuvlarga erishildi.