19.07.2019 541

Tadbirkorning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga «Nika Farm Servis» MCHJ manfaatida javobgar «Samarqand dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jami 436 602 782 so'm qarzdorlikni undirilishida amaliy yordam berishni so'rab murojaat etgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Nika Farm Servis» MCHJ manfaatida qarzdorga nisbatan sudga da'vo ariza kiritilgan.

Ushbu da'vo arizasi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2019 yil 25 iyun kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Palataning da'vo talablari to'liq qanoatlantirilib «Nika Farm Servis» MCHJ ning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

 

O'z SSP Axborot xizmati