09.08.2019 193

Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumanida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o'tkazildi


Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan respublika Ishchi guruh tomonidan faoliyatni to'xtatgan  tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ishtirok etdi va har bir faoliyatini to'xtatgan tadbirkorlik su'ektlari bilan suhbatlashilib, faoliyat yuritmayotganlik sabablari o'rganildi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari O'.Butaev tomonidan bugungi kunda M.Ulug'bek tumanida vaqtincha faoliyatini to'xtatgan tadbirkorlik sub'ektlariga qisqa muddatda faoliyatini tiklash bo'yicha ko'rsatma va tushuntirishlar olib borildi. Yer, bank krediti va boshqa mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari bilan hamkorlikda ish olib borib, tadbirkorni faoliyatini tiklashga amaliy yordam qilishga kelishib olindi.

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan tadbirkorlikka oid qonun hujjatlarda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar to'g'risida ham tushuntirib o'tildi.

Bundan, tashqari tadbirkorlarga tegishli bo'lgan bino-inshoat buzilishga tushgan taqdirda unga boshqa manzildan yer ajratish yoki kompensatsiya puli to'lab berilish tartibi va ushbu yuzasidan qabul qilingan Prezident Qarori mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.

Tuman mutasaddilari bilan faoliyat ko'rsatmayotgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tiklash, yangi ish o'rinlari yaratish va ishsizlikni kamaytirish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish ketma-ketligi kelishib olindi.


O'z SSP Axborot xizmati